7 May 2022 yil 231

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Husanovich afv etilgan shaxslar bilan uchrashdi./

Joriy yilning 29 aprel kunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan viloyatimizda istiqomat qiluvchi 1 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxs Sh.T afv etilib, Jazoni ijro etish muassasasidan o‘z uyi, oilasi bag‘riga qaytishi ota-onasi, aka-ukalari, farzandlari qalbini shodlikka to‘ldirdi.

Qabulda Ichki ishlar boshlig‘i Shuxrat Husanovich jazo muddatini o‘tayotgan shaxs Sh.Tga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini taʼkidladi. Mutasaddilarga afv etilgan Sh.Tni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi.

Text to speech