5 Aprel 2022 yil 231

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Husanovich afv etilgan shaxslar bilan uchrashdi.

Joriy yilning 18-mart kunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi PF-90-sonli Farmoniga asosan viloyatimizda istiqomat qiluvchi 1 nafar jazo muddatini oʻtayotgan shaxs Qarshiboyeva Munira Xalilovna afv etilib, Jazoni ijro etish muassasasidan oʻz uyi, oilasi bagʻriga qaytishi ota-onasi, aka-ukalari, farzandlari qalbini shodlikka toʻldirish baxtiga muyassar boʻlgan edi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Munira Qarshiboyevaga xalqimizga xos bagʻrikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, yuz berayotgan oʻzgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi boʻlishi lozimligini taʼkidlandi. Mutasaddilarga afv etilgan M.Qarshiboyevani ijtimoiy moslashtirish, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi qattiq nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi.

Text to speech