13 May 2022 yil 324

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari Sirdaryo tumani “Oq yo‘l” mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Bo‘ronov Cirdaryo tumani “Oq yo‘l” mahallasi hududida aholi bilan “Sayyor qabul” o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu sayyor qabulda aholi tomonidan asosan mahalladagi elektr ustunlarini, ichimlik suvi minorasini, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish, mahalladagi oqar suv muammosini hal etish hamda drenaj va kollektorlar tizimini tozalashda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 16 nafari 22 ta masalada murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 18 ta murojaatlar esa qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech