29 Aprel 2022 yil 244

Sirdaryo viloyat 3-sektoriga qarashli hududlarda bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, diniy urf-odatlarni hurmat qilish, ayniqsa muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yanada obod qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xalqimizda bozoring bilan mozoringni ozoda tut degan ajoyib naql bor. Ajdodlarimiz ruhiga hurmat-ehtirom koʻrsatish ham eng avvalo mozorlarning obodligidan boshlanadi. Albatta, bu qadriyat oʻzbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuhrat Husanovich tashabbusi bilan sektor hududiga qarashli Sirdaryo tumani “Kamolot” mahallasidagi “Toʻrtkoʻl” qabristonini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mahalla aholisi ishtirokida oʻtgan hashar ishlarida 100 ga yaqin insonlar obodlik va koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol boʻlishdi. Hashar doirasida ariqlar tozalandi, begona va yovvoyi oʻtlar oʻrildi yaxshi niyatlarda manzarali koʻchatlar oʻtqazildi. Barcha ushbu ezgu saʼy harakatlarda faollik koʻrsatishdi.

Haqiqatdan ham obodlik koʻngillardan boshlanadi. Muqaddas qadamjolarning obod etilishi oʻtganlar ruhini shod etish bilan birga bugungi dorilamon kunlarimizga shukronalik hamdir.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech