Sirdaryo tumanida yana bir shaxs tayinlangan jazodan bo‘yin tovlaganligi uchun ozodlikdan mahrum etildi.
Sirdaryo tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan 2003 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumanida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, JIB Sirdaryo tuman sudi tomonidan 2 yil muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs R.A olib borilgan tezkor tadbirlar davomida o‘ziga tayinlangan jazodan bo‘yin tovlab, sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022 yil 26 may kuni hamda 2022 yil 29 may kunlari yashash xonadonida yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan Sirdaryo tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022 yil 01 iyun kuni JIB Sirdaryo tumani sudga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs R.A 1 yil 10 oy 28 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati