Sirdaryo tumanida tayinlangan jazodan bo‘yin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.
Sirdaryo tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan 1978 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumanida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, JIB Sirdaryo tuman sudi tomonidan 1 yil muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs G.D olib borilgan tezkor tadbirlar davomida o‘ziga tayinlangan jazodan bo‘yin tovlab, sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022 yil 05 aprel kuni hamda 2022 yil 16 may kuni yashash xonadonida yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan Sirdaryo tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022 yil 01 iyun kuni JIB Sirdaryo tumani sudga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, mahkum G.D 8 oy 2 kunga ozodlikdan mahrum etilib, Jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati