20 Mart 2023 yil 246

Sirdaryo tumanida o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Sirdaryo tumani IIBga ariza bilan Sirdaryo tumani, Xazina MFY hududida joylashgan “Saidbek Ro‘zibek” MCHJ rahbari X.E murojaat qilib, arizasida “Saidbek Ro‘zibek” MCHJ qarashli binodan jami narxi 12.000.000 so‘mlik televizor, noutbuk va boshqa buyumlari yo‘qolganligini maʼlum qilgan. Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JQG tezkor vakillari hamda profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro T.E sodir etilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-m 2-q “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech