7 Iyul 2022 yil 576

Sirdaryo tumanida noqonuniy ov miltig‘i aniqlandi.

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Sirdaryo tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1975 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumanida yashovchi X.Qning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, oq polietilen qopga solingan 2 stvolli ov quroli noqonuniy saqlanayotganlii aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech