11 Fevral 2022 yil 537

Sirdaryo tumanida ID-kartalar rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida, 2021-yil 14-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi 610-son Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 696-sonli Qonuni qabul qilindi.
Bugungi kunda, mazkur Qonunning 6-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida, ushbu Qonun kuchga kirgan kunidan boshlab oʻtgan qisqa vaqt mobaynida, Sirdaryo tumani IIB M va FRB tomonidan, 818 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan 375 nafarini hujjatlari qabul qilinib, 374 nafariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tan olinib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani IIB 2-sonli IIB MvaFRB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirplari toʻgʻrisida”gi 22.09.2020-yildagi PF-6065-son Farmoni asosida 16 yoshga toʻlib birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilmoqda.

Sirdaryo tuman IIB M va FRB

Text to speech