31 Mart 2022 yil 258

Sirdaryo tumanida hududida viloyat 3-sektori rahbari tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida Sirdaryo tumanida yashovchi joriy yil boshidan buyon uzoq muddatdan qaytganlar hamda boshqa ishsiz fuqarolarimiz bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va turmush tarzini yaxshilash maqsadida Sirdaryo tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Sirdaryo tuman hududida ish faoliyati yurituvchi davlat va xususiy tashkilot va korxonalarning bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Mehnat yarmarkasida Sirdaryo tuman hududidagi istiqomat qiluvchi uzoq muddatdan qaytgan va aliment to‘lovchi ishsiz 100 dan oshiq fuqarolar ishtirok etib, ish o‘rinlari bilan tanishdi.

Ushbu tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Sirdaryo tuman hududida ish faoliyatini yuritayotgan 44 ta davlat va xususiy tashkilot korxonalar 465 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 

Mehnat yarmarkasi davomida ishtirok etgan 100 dan ortiq fuqarolarimizdan 64 ta murojaatlar kelib tushdi. Ularning 14 nafari shu joyning o‘zida ishga qabul qilingan bo‘lsa, 32 nafarining murojaatlari yozma ravishda birlamchi hujjatlari qabul qilinib ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qolgan 18 ta murojaatlar masʼullar tomonidan o‘rganish jarayonida.

Bu kabi mehnat yarmarkalari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida xar hafta tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Text to speech