Olingan maʼlumotga ko‘ra, Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1960 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo tumanida yashovchi M.Ening yashash uyi tomorqasi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida joylashgan issiqxonaning orqa tomonida o‘tlar orasida 41 tup, bo‘yi taxminan 20-25 sm uzunlikda bo‘lgan “ko‘knori” giyohvandlik o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: