6 Sentyabr 2022 yil 530

Sirdaryo tumanida fuqaro xonadonining 6 kvadrat metr maydonida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi

“Qora dori 2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbir davomida, Sirdaryo viloyat IIB hamda DXX Sirdaryo tumani boʻyicha boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo tumani Doʻstlik mahallasida yashovchi B.Ya ning xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni hovlisining oʻt bosgan boʻsh joyida 6 kvadrat metr maydonda 2 tup, taxminan 1,5-2 metr uzunlikdagi va 1 tup tepa olingan agro texnik ishlov berilgan, nasha giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan soʻng, tadbir davomi ettirilib, xonadon qoʻyxonasi koʻzdan kechirilganda, qoʻyxona chap tomondagi taxtaga ilingan, quritilgan holatdagi marixuana (kannabis) giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech