6 Dekabr 2022 yil 369

Sirdaryo tumani hududida sodir etilgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan

2022-yil 06-dekabr kuni soat 14:30da Sariq rangli, Isuzu rusumli, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtobus, Sirdaryo tumani, Xazina MFY hududidan oʻtuvchi M-34 avtoyoʻlining 93-km Termiz-Toshkent yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan vaqtida, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasidan olib qochishi oqibatida, boshqaruvni yoʻqotib Isuzu rusumli avtobusi oʻng tomon yoʻl chetiga chiqib ketib, yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

Natijada Isuzu rusumli avtomashinaning yoʻlovchilari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga 10 nafari murojaat qilgan, birinchi tibbiy muolajalar koʻrsatilgan. Yoʻlovchilar orasida hayot uchun xavfli tan jarohati olganlar yoʻq.

Sirdaryo viloyati IIB masʼullari tomonidan ushbu yoʻl transport hodisasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga rioya qilib, tezlikni meʼyoridan oshirmasligingizni soʻrab qolamiz.

Text to speech