15 Oktyabr 2022 yil 353

Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi

Bugungi tezkor asrimiz har bir sohada yetuk va malakali, yuksak salohiyatli kadrlarni talab etmoqda. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning taʼlim va tarbiya olishiga katta eʼtibor qaratilayotgani ham bejiz emas.  Zero kelajak bugundan boshlanadi, poydevori mustahkam imorat uncha-munchaga zavol topmaydi. Muhtaram Prezidentimiz: “Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda”,- deb taʼkidlaganlaridek, zimmasiga yangi O‘zbekistonning yangi avlodini tarbiyalash yuklatilgan har bir taʼlim muassasasi, har bir inson bu ishga o‘ta katta masʼuliyat bilan yondashmog‘i kerak. 

Bu vazifani chuqur anglab yetgan Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi rahbar va pedagoglari ham bo‘lajak tartib posbonlarini Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan munosib kadrlar qilib tarbiyalashga bor kuchlarini sarflamoqdalar. Bu borada Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbar xodimlari ham o‘zlarining beminnat yordamlarini ayamayaptilar. Joriy yilning 15 oktyabr sanasida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Mavlonov Umidjon Esonqulovich litsey o‘quvchilariga “Jamoat xavfsizligini taʼminlash-muqaddas burch”  mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. Rahbar o‘z nutqida ichki ishlar xodimlarining zimmalaridagi vazifalari, bu soha xodimlari qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi, bu sharafli kasbni egallash uchun nimalar qilish kerakligi, kitob o‘qishning ahamiyati haqida qimmatli maslahatlar berdi. Qiziqarli o‘tgan suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Text to speech