26 Iyul 2023 yil 289

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga biriktirilgan yoshlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

Yoshlarning bandligini taʼminlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini madaniy va maʼrifiy tadbirlar orqali mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni qiynab kelayotgan tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bosqichma-bosqich tizimli hal etib borish, ularni taʼlimga, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini taʼminlash maqsadida viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqovga 50 nafar ijtimoiy muammolari bor yoshlar biriktirib berilgan.

Mazkur yoshlarning muammolarini hal etish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritaning tegishli bandini ijro etish maqsadida, Oqoltin tumani Ahillik mahallasida istiqomat qiluvchi 50 nafar yoshlar viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tashabbusi bilan ularda vatanga mehr-muhabbat uyg‘otish va o‘lkamizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz haqida ko‘proq taassurot uyg‘otish maqsadida tarixiy joylarga mazmunli sayohat tashkillashtirildi. Yoshlarga Samarqand shahrining tarixiy obidalari, meʼmoriy inshootlari va buyuk bobokalonlarimizning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari bilan tanishtirilib, kun davomida yoshlarning vaqtlari mazmunli o‘tkazilishiga ko‘maklashildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech