Sirdaryoda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining mazmun mohiyati hamda viloyat hududida ijtimoiy profilaktika ishlarini yana-da samaradorligini oshirish fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Guliston shahrida joylashgan Yoshlar ishlari agentligi binosida viloyat hokimligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlaridagi mahalla yettiligi rahbarlariga o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar davomida mahalla vakillari “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida faoliyatni tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan tizimli ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Seminar so‘ngida masʼullar tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini hamkorlikda tashkil etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.