Sirdaryoda “Xavfsiz va sogʻlom yurt“ oyligining ikkinchi bosqichi davom etmoqda
Respublikamizda joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi oʻtkazilishi belgilangan. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Guliston shahrida viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida tungi yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Dastavval boshqarma boshligʻi tomonidan tungi xizmatiga jalb etilgan xodimlarning belgilangan kiyim-bosh va bosh kiyimni toʻgʻri hamda ustav talablariga muvofiq kiyish holati boʻyicha saf koʻrigi oʻtkazildi. Boshqarma boshligʻi tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish borasida barcha shaxsiy tarkibga koʻrsatmalar berib oʻtdi. Shuningdek, xodimlarga xizmat davomida qonuniylik, fuqarolar bilan muomala madaniyati, holatlarga tezkor va professional yondashish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtildi.
Shundan soʻng, shahar hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazishga kirishildi.
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari viloyatning barcha hududlarida izchil davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati