13 Noyabr 2025 yil 10

Sirdaryoda Aralash jang sanʼati boʻyicha viloyat chempionati boʻlib oʻtdi

Guliston shahridagi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyatida 18-20 yosh va undan kattalar oʻrtasida Aralash jang sanʼati sport turi boʻyicha viloyat chempionati oʻz nihoyasiga yetdi.

Tashkil etilgan musobaqada 10 ta vazn toifasida sportchilar gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi. Musobaqada viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi viloyat boʻlimi raisi, polkovnik Farrux Haydarov hamda qator huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari ishtirok etishdi.

Murosasiz va qizgʻin kechgan musobaqa yakunida gʻoliblari maxsus diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek musobaqa gʻoliblari joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston chempionatiga yoʻllanmani ham qoʻlga kiritdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech