12 Yanvar 2024 yil 2634

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 14-dekabr kunidagi farmoyishi hamda Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-dekabr kunidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek mazkur sana munosabati bilan ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy yilning 11-yanvar sanasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriy xodimlar hamda yosh xodimlari bilan bir qatorda IIV Sirdaryo Akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va g‘amxo‘rliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lish lozimligini ta’kidlashdi. Faxriylar uzviy an’anaga sodiq qolgan holda joriy yilda ham yoshlarga maslaxatchi-ko‘makchi sifatida har tomonlama yordam berishlarini bildirishdi. Faxriylar va xodimlar amaldagi yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga kelishib olindi. Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini ta’minlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati.

Text to speech