Sirdaryo viloyatida profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev rahbarligida o‘tkazildi.
Seminarda shahar va tuman Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining xizmat bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv seminari davomida shahar-tuman IIBlarda profilaktika inspektorlari bilan xizmat oldi yo‘riqnomalarini tashkil etish tartibi muhokama qilindi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy kunlik hisobot shakli asosida profilaktika (katta) inspektorlarining kunlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari xizmat jarayonida yagona yondashuvni yo‘lga qo‘yish, kunlik nazorat va hisobdorlik tizimini kuchaytirish hamda inspektorlarning xizmat samaradorligini oshirish borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashdi.
Shuningdek seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 20 iyuldagi 410-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan “Mening inspektorim” axborot tizimi hamda ushbu tizimdan foydalanish tartibi haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Mazkur axborot tizimi profilaktika inspektorlarining faoliyatini sunʼiy intellekt orqali nazorat qilish va ularning ish samaradorligini reyting asosida baholash imkonini beruvchi yangi tizim ekanligi hamda ushbu tizim orqali profilaktika inspektorlari va fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.
Seminar yakunida qatnashchilar tomonidan muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr almashildi va tizimli yondashuv asosida ishlarni tashkil etish lozimligi taʼkidlandi.