13 Noyabr 2025 yil 9

Sirdaryo viloyatida probatsiya faoliyati va ekologik xavfsizlik yoʻnalishlarida oʻrganish ishlari olib borildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Sh.U. Uralov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida xizmat faoliyatini oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif doirasida dastlab viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari uchun taʼmirlanayotgan binolardagi qurilish-taʼmirlash jarayonlari koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga probatsiya xizmatlarining hujjat yuritish hamda xizmat faoliyatini amalga oshirish tartiblari oʻrganilib, xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.

Xususan, Xovos tumani, Guliston va Yangiyer shaharlaridagi probatsiya guruhlari faoliyati oʻrganilib, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, probatsiya hisobida turuvchi shaxslarning bandligini taʼminlash va ular bilan manzilli ishlash zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tashrif doirasida muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar ham amalga oshirildi. “Ekopatrul” guruhlari ishtirokida aholi gavjum hududlarda, ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan maskanlarda va mahallalarda atrof-muhitni asrash, daraxtlarni koʻpaytirish va chiqindilarni toʻgʻri yoʻq qilish masalalari boʻyicha targʻibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech