13 Noyabr 2025 yil 9

Sirdaryo viloyatida xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar uchun oʻquv seminari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyati IIBda xizmat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlarning kundalik xizmat faoliyatida xizmat planshetlaridan samarali va toʻgʻri foydalanish, elektron maʼlumotlar bazasi bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati kabi mavzularda amaliy koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, seminarda “Xavfsiz oila” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, oilaviy nizolarni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etish, zoʻravonlik holatlarining oldini olish hamda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Oʻquv seminari ishtirokchilari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan samarali muloqot oʻrnatish va profilaktik ishlarning sifatini oshirish boʻyicha fikr-mulohazalar almashdilar.

Mazkur tadbir xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ish uslublarini amaliyotga tatbiq etish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech