15 Sentyabr 2025 yil 38

Sirdaryo viloyatida faxriy xodimlarga hurmat-eʼtibor koʻrsatildi

Yurtimizda ulugʻ sana – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34-yilligi keng nishonlanmoqda. Mustaqilligimiz bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farrux Haydarov ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan bir guruh faxriy xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida faxriylarning holidan xabar olindi, ularning turmush tarzi oʻrganildi. Suhbat jarayonida sobiq xodimlarning ichki ishlar tizimini takomillashtirishdagi xizmatlari yuksak eʼtirof etildi.

Faxriylar esa, oʻz navbatida, davlatimiz tomonidan ularga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan minnatdor ekanliklarini bildirib, tinch va farovon hayotni taʼminlash yoʻlida xizmat qilayotgan hamkasblariga samimiy tilaklar yoʻlladilar.

Tadbir soʻngida faxriy xodimlarga esdalik sovgʻalari topshirilib, ularning boy tajribalari bugungi xizmatdagi yosh xodimlar uchun ibrat maktabi ekanligi taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech