22 Noyabr 2024 yil 3765

Sirdaryo viloyatida "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovlar tomonidan "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida viloyatda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish hamda energiya samaradorligi yuzasidan viloyatdagi daxldor bo‘lgan barcha idora va tashkilot rahbarlariga yo‘riqnoma berildi.

Kun tartibida viloyat sektor rahbarlari tomonidan barcha masʼullarga viloyat hududida fuqarolarning iz gazidan zaharlanishini oldini olish, havo aralashmasi chaqnashi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy soha obyektlaridagi energiya zaxiralarini to‘liq taʼminlash, buning uchun kuch va vositalarini safarbar qilish hamda aholi orasida targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazish masalalari yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech