Sirdaryo viloyati hududi boʻylab “Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligining ikkinchi bosqichi davom etmoqda
Respublikamizda joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi oʻtkazilishi belgilangan. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Guliston shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida tungi yoʻriqnoma oʻtkazildi. Boshqarma boshligʻi tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish borasida barcha shaxsiy tarkibga koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shundan soʻng, shahar hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazishga kirishildi.
15-avgust kuniga qadar davom etadigan oylik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tun-u kun xizmat tashkil etilib, kunduzgi va tungi maxsus guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati