15 Iyul 2024 yil 3250

Sirdaryo viloyati sektor rahbarlari Sayxunobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishdi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarov hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan kundalik ish-reja asosida Sayxunobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi oʻrganildi. Jumladan, masʼullar birgalikda Sayxunobod tumani IIB xodimlari tomonidan tungi xizmat oldi yoʻriqnoma berish jarayonlari bilan tanishib, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida masʼul rahbarlar hamda profilaktika inspektorlariga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Shundan soʻng tuman IIB binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyatini oʻrganilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda eng samarali vosita ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Mazkur oʻrganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman mutasaddilariga tegishli tavsiya, koʻrsatma va topshiriqlar berilib, mahallalarda jinoyatlarni oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli «ijtimoiy profilaktika» tadbirlarini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech