Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida jamoat xavfsizligi holati oʻrganildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Sayxunobod tumanida ichki ishlar organlari xodimlarining tungi xizmat faoliyatini oʻrgandi.
Dastlab boshqarma boshligʻi tumanning “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini binosiga tashrif buyurib, profilaktika inspektori tomonidan mahallada jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi osoyishtaligini mustahkamlash hamda alohida toifadagi shaxslar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bunda “mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi ham koʻrib chiqildi va bu yoʻnalishda tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Sayxunobod tumani IIB navbatchilik qismi va tezkor-tergov guruhi faoliyati oʻrganilib, jinoyat va huquqbuzarliklar holati yuzasidan taqdimot tinglandi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Tumanning “Turon” mahallasida joylashgan “Guliston klaster” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasida ham boʻlib, obyektning faoliyati, xavfsizlik choralari va qoʻriqlash xizmati ishlari oʻrganildi.
Sayxunobod tumani Qoʻriqlash boʻlimi xizmat faoliyati bilan ham tanishilib, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur tashrif davomida mahalladagi osoyishtalikni taʼminlash, aholining tinch va farovon hayotini kafolatlash hamda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati