Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amaliy choralar muhokama qilindi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi huzurida Yangiyer shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar taqdimoti koʻrib chiqildi.
Tadbirda Yangiyer shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi shahar hududidagi har bir mahallaning kriminogen vaziyati tahlili asosida ishlab chiqilgan taqdimotni namoyish etdi. Unda har bir mahalla kesimida jinoyatchilikni kamaytirish va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar hamda amaliy vazifalar belgilandi.
Yigʻilish davomida boshqarma boshligʻi mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, mahalla faollari va masʼul idoralar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati