2 Iyun 2025 yil 574

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi

Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farrux Xaydarov tomonidan Mirzaobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Yangi Oʻzbekiston” mahallasiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida mahallada jinoyatchilikdan xoli hudud yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, mahallani raqamlashtirish, videokuzatuv kameralari oʻrnatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash kabi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Viloyat rahbariyati tomonidan kelgusida mazkur tajriba boshqa mahallalarga ham tatbiq etilishi belgilanib, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda raqamlashtirish va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, mahalla yettiligi bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Masʼullar tomonidan mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda mahalla yettiligiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech