18 Iyun 2024 yil 5438

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot.

2024 yil 17 iyun kuni soat 13-00larda, “Neksiya-2” rusumli avtomashina Shirin shahar “M.Ulug‘bek” mahallasini “Nurobod” mahallasi bilan bog‘lab turuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalidan o‘tgan transport vositalarini o‘tishi uchun mo‘ljallangan ko‘prik ustida boshqarib borayotib, boshqaruvini yo‘qotib yo‘nalishiga nisbatan chap tomondagi ko‘prik to‘sinlariga urilib, “Janubiy Mirzacho‘l” kanaliga tushib ketgan. Natijada, “Neksiya-2” rusumli avtomashinasida bo‘lgan haydovchi va 4 nafar yo‘lovchilar hodisa joyida cho‘kib ketishgan.

Sirdaryo viloyati Favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida “Janubiy Mirzacho‘l” kanalidan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilarning jasadlari hamda “Neksiya-2” rusumli avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan. Hozirda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan avtomashinada bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech