12 Yanvar 2024 yil 2643

Sirdaryo viloyati IIOlari xodimlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020-yil 24-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 339-son buyrug‘i talablari hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida 2024-yilda o‘tkaziladigan ommaviy-sport tadbirlarining” taqvimiy-rejasiga muvofiq “Dinamo” sport majmuasida Boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada jami hududiy va tarkibiy bo‘linmalardan 14 nafar jamoalar ishtirok etib bir-birlari bilan murosasiz bellashishdi.

Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi, 2-o‘rin Sayxunobod tumani ichki ishlar bo‘limi va 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari qo‘lga kiritishdi.

Murosasiz va keskin ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgan hamda sovrinli faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

Text to speech