30 May 2024 yil 2538

Sirdaryo viloyati IIOda xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan psixologik-trening mashg‘uloti  va tibbiyot xodimi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarning psixologik holatini yaxshilash, ish unumdorligini, faolligini oshirish maqsadida navbatdagi psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, favqulodda holatlarni oldini olish, nostandart vaziyatlarda oqilona harakat qilish, ruhiy tushkunlik, stress va depressiyaga tushib qolishni oldini olish va bu vaziyatlardan chiqib ketishga qaratilgan bir nechta treninglar o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningda barcha xodimalar faol ishtirok etib, treningdan ko‘zlangan maqsadga erishildi.

Shundan so‘ng tizimdagi xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi shifokori ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab xodimalarga tibbiy madaniyat tushunchasi, ayollarda uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, belgilari, oldini olish va davolash choralari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Shundan so‘ng xodimalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan shifokorga murojaat etib, zarur tavsiya va maslahatlarga ega bo‘ldilar. Davra suhbati qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.

 Boshqarma MMI va KBTX

Text to speech