Sirdaryo viloyati IIBda voleybol sport turini ommalashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sportning voleybol turini rivojlantirish hamda tizimdagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda barcha shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlariga voleybol sport turi bo‘yicha turli yosh toifalari kesimida hamda probatsiya hisobiga olingan shaxslar o‘rtasida musobaqalarni tashkil etib, shahar va tuman birinchiligini o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha bellashuvlarni tashkil etish orqali jamoaviy ruhni oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish vazifalari belgilandi.
Yig‘ilish yakunida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosini qatʼiy nazoratga olish, har bir shahar va tumanda sport muhitini shakllantirish, sog‘lom va faol yoshlarni tarbiyalash hamda ichki ishlar organlari nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlab o‘tildi.