8 May 2024 yil 3467

Sirdaryo viloyati IIBda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov olib borgan mazkur yigʻilishda aholi gavjum boʻlgan savdo majmualari, koʻngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat obyektlarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan choralar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu obyektlarda tunu-kun qoʻriqlash xizmati tashkil qilinishi, kuzatuv kameralari, turniketlar oʻrnatilishi, biror favqulodda holat yuz berganda fuqarolarni evakuatsiya qilish, birlamchi yongʻin oʻchirish qalqonlarining holatiga ham eʼtibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni hal etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech