Sirdaryo viloyati IIBda Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlarni taʼminlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari va tarkibiy boʻlinmalari xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF 23-son Farmoni hamda IIVning 2025-yil 30-may kunidagi 209-son Farmoyishi mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Farmonda belgilangan yangi harbiy nizomlarning mazmuni, ularning huquqiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatidagi oʻrni toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar jarayonida xodimlarga harbiy intizom, xizmat faoliyatida qonuniylik va masʼuliyatni oshirishga qaratilgan talablarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ham berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va tashkiliy-huquqiy qoidalarning toʻgʻri va samarali qoʻllanilishi yuzasidan mulohazalar almashildi.
Ushbu oʻquv-seminar xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish, xizmatda masʼuliyatni yanada oshirish, shu bilan birga, harbiy xizmatga oid meʼyoriy hujjatlarning toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati