27 Aprel 2024 yil 3674

Sirdaryo viloyati IIBda 2024 yilning o‘tgan 3 oy yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida soha vakillarining joriy yilning 3 oyi davomida qonunbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyati tahlil etildi. Viloyat IIB, sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy Ichki ishlar boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishini viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov olib bordi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan tadbirda viloyatda umumiy jinoyatlar soni kamaygan bo‘lishiga qaramasdan bir qator hududlarda ayrim turdagi qonunbuzarliklar ortishiga yo‘l qo‘yilgani bildirildi. 

O‘z navbatida jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish, xususan tungi patrullikni samarali tashkil etish, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari hamda xonadonlarni qo‘riqlovga olish, kuzatuv kameralari sonini oshirish kabi qator masalalar ko‘rib chiqilib, masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda viloyat, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3- sektor shtablarining faoliyatini kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Binobarin sektorlarda amalga oshirilgan ishlar shahar va tumanlar kesimida muhokama qilindi. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor aholi muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan mahalla faollari bilan hamkorlik qilish, jinoyatlarning oldini olish, sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbusi asosida yirik loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. 

Text to speech