Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.
Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi meʼyoriy buyruq talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Lavozimlar tarkibi: Safdorlar
Eʼlon berilgan sana: 18.12.2024
Bo‘sh ish o‘rinlar soni: 40 ta
Eʼlon tugash sanasi: 08.01.2025
Maʼlumoti bo‘yicha: Oliy taʼlim bakalavriat
Lavozimi: safdorlik
Talab etilgan bo‘y: Erkaklar uchun: 170.0 sm va undan yuqori
Jins turi: Erkak
Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan
Nomzodlar bog‘lanishi uchun telefon raqamlar: +998 67 343 52 80, +998 67 343 50 83
Umumiy talablar:
- Sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatdan o‘tgan fuqarolar;
- Sirdaryo viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar.
Talab etiladigan imtiyozlar:
- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar;
- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar;
- Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan fuqarolar;
- Talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan fuqarolar;
- Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;
- IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari.
Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Saralash bosqichi:
- Ro‘yxatdan o‘tish;
- Dastlabki o‘rganish;
- Intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;
- Test sinovi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash);
- Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash (kuch ishlatish mashqi-to‘sinda (turnikda) tortilish, tezlikka oid mashq-100 metrga yugurish va chidamlilikka oid mashq-3000 metrga yugurish);
2. O‘rganish bosqichi:
- Nomzodlarni xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;
- Nomzodlarni psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan o‘tkazish (Ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:
Xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, xizmat hududlaridagi kriminogen vaziyatni tahlil qilgan holda huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish, ekstremal vaziyatlarda, ayniqsa, terrorchilik harakatlari va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etilganda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha doimiy jangovar shaylikni taʼminlash, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar, turli namoyish (miting)lar vaqtida fuqarolar xavfsizligini taʼminlashning yuqori mobilligi va samaradorligini oshirish, huquq-tartibotning guruhlar tomonidan buzilishi va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, postlar va patrullik yo‘nalishlarida ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni taʼminlash.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2024 yil 18 dekabr kunidan 2025 yil 08 yanvar kuniga qadar kb.iiv.uz portal orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.