Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha tezkor yigʻilish oʻtkazildi
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB majlislar zalida Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Q.X.Shermatov hamda IIV SHXBB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi masʼul xodimlari huzurida Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha tezkor yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikka rioya qilish boʻyicha masalalar muhokama qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, yigʻilish davomida xodimlarga yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlishlari toʻgʻrisida yoʻriqnomalar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati