Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Z.J Qayumov raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi boʻlinmalari tomonidan oʻtgan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilish yakunida ijobiy koʻrsatkichlarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻzining hissasini qoʻshgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota onalariga va xodimlarga IIV huzuridagi Tergov departamentining tashakkurnomasi, faxriy yorligʻi, viloyat IIB boshligʻining tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, yigʻilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi va boʻlinmalari xodimlari uchun maishiy texnika va boshqa zaruriy vositalar topshirildi.
Yigʻilish soʻnggida, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.