15 Avgust 2025 yil
290
Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining fuqarolar murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi shaxsiy qabul boʻlib oʻtdi.
Qabul jarayonida viloyat aholisini qiynayotgan turli masalalar, taklif va shikoyatlar eshitildi hamda qonuniy asosda hal etilishi uchun tegishli choralar belgilandi. Murojaatlarning har biri ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga koʻra oʻrganilib, masʼul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Boshqarma rahbariyati tomonidan har bir fuqaroning murojaati alohida eʼtibor bilan koʻrib chiqilib, huquq va manfaatlarini taʼminlash, muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati