2 Oktyabr 2025 yil 54

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati Boyovut tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi

Tashrif doirasida boshqarma boshligʻi dastlab boshqarma boshligʻi Boyovut tumanida joylashgan “Acwa Power Sirdarya” MCHJ xorijiy korxonasiga tashrif buyurib, tuman Qoʻriqlash boʻlimiga qarashli qoʻriqlash posti faoliyati, qoʻriqdagi obyektni kameralashtirilishi holati shuningdek, xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati hamda postdagi yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.

Shundan soʻng boshqarma boshligʻi Boyovut tumanlararo Qoʻriqlash boʻlimiga tashrif buyurib, xodimlar tomonidan tungi xizmat faoliyatining tashkil etilganligi, xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati, navbatchilik qismida yuritilayotgan hujjatlar, kuch va vositalarning toʻgʻri taqsimlanganligi hamda Qoʻriqlash boʻlimidagi yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi hamda masʼullarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Boshqarma boshligʻi Prezidentimizning 1-sonli qarori ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi boʻyicha ham mutasaddilarga aniq topshiriqlar berib oʻtdi.

Tashrif davomida boshqarma boshligʻi Boyovut tumani “Ijodkor” MFY hududida xizmat olib borayotgan tungi xizmatga jalb etilgan tuman IIB va Qoʻriqlash boʻlimi naryadlari faoliyati oʻrganilib, ularning xizmat olib borish yoʻnalishlari, aloqa vositalari, ekipirovkalari tekshirildi.

Shuningdek, tungi xizmatga jalb etilgan tezkor harakatlanuvchi guruh naryadlarining oʻquv-chaqiruv signali boʻyicha harakatlari tekshirildi hamda masʼullarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech