Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati Oqoltin tumanida: Mahalla yettiligi faoliyati oʻrganildi, aholining dolzarb muammolari eshitildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi muammolarini joyida oʻrganib, ularga amaliy yechim topish maqsadida Oqoltin tumanidagi A.Navoiy mahallasida manzilli oʻrganish ishlari olib borildi.
Jarayonlar davomida boshqarma boshligʻi mahalla yettiligining oʻzaro hamkorlikda olib borayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganishlar chogʻida A.Navoiy mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oʻquvchilarning maktabga muntazam qatnashishini taʼminlash, hududni raqamlashtirish hamda fuqarolarni doimiy bandligini taʼminlash orqali jinoyatchilikni oldini olishga eʼtibor qaratish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtirish, mahalla yettiligi faoliyatini kuchaytirish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ham koʻrib chiqildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriq hamda tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida boshqarma boshligʻi aholi vakillari bilan bevosita muloqotga kirishib, “uyma-uy” yurish orqali ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlarini manzilli oʻrgandi. Suhbat davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan masalalar boʻyicha masʼullarga zarur choralar koʻrish topshirigʻi berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati