8 Oktyabr 2025 yil 13

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati navbatdagi shaxsiy qabulni oʻtkazdi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Farux Xaydarovning fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va ularni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabul jarayonida viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolarning turli yoʻnalishlardagi murojaatlari tinglandi. Har bir masala boʻyicha boshqarma boshligʻi tomonidan tegishli rahbar va masʼul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, boshqalari boʻyicha esa qonun doirasida choralar koʻrish belgilandi.

Ichki ishlar organlarida fuqarolar bilan ochiq muloqot va ishonchli munosabatni mustahkamlash bunday qabullarning asosiy maqsadidir.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech