Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan tumanda jinoyatlarni barvaqt oldini olish va aholi osoyishtaligini taʼminlash ishlari o‘rganildi
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sirdaryo tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sirdaryo tumanida Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Farux Xaydarov dastavval Sirdaryo tumanida joylashgan 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘limning faoliyati bilan tanishib, mahallalar hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar sonini kamaytirish, fuqarolarning Kiber jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, mahallalarni raqamlashtirish «ijtimoiy profilaktik» tadbirlarni manzilli o‘tkazish borasidagi taqdimot bilan tanishib, Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish davomida, boshqarma boshlig‘i Shirin mahallasiga tashrif buyurib, tumanga xizmat ko‘rsatuvchi Qo‘riqlash bo‘limining jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilganda tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelishlari tekshirib ko‘rildi.
O‘rganishning keyingi manzili “Sirdaryo” YPX maskanida davom ettirildi. Ushbu maskanda xodimlar faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.
Bundan tashqari tumandagi 71-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tuman masʼullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati