13 Oktyabr 2025 yil 24

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Sardoba tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat oʻrganildi

Oʻrganish davomida boshqarma boshligʻi dastavval Sardoba tumanidagi hushyorxonaga tashrif buyurib, tungi xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati oʻrgandi. Boshqarma boshligʻi hushyorxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mastlik holatida boʻlgan shaxslarni qabul qilish ahvolini oʻrgandi.

Oʻrganishning keyingi manzili Sardoba tumani hududida joylashgan “Sardoba suv ombori” suv chiqarish inshootiga tashrif buyurib, uning faoliyati, xavfsizlik choralari koʻrilganligi, obyektning qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan qoʻriqlovga olinganligi holati oʻrganildi.

Boshqarma boshligʻi tomonidan tungi xizmat davomida aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalarini berib oʻtdi.

Viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyatni oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech