26 Sentyabr 2025 yil 135

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholining murojaatlari muntazam oʻrganilmoqda

Navbatdagi qabul jarayonida viloyat IIB boshligʻi tomonidan fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.

Asosan ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan muammolar atroflicha oʻrganilib, har bir murojaat boʻyicha qonunchilik doirasida tegishli choralar belgilandi.

Ayrim masalalar yuzasidan masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar ichki ishlar organlari tizimida ochiqlik, shaffoflik va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali ularning ishonchini mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar bilan bunday yuzma-yuz muloqotlar kelgusida ham doimiy ravishda tashkil etilishi belgilangan.

Har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligi, har bir ariza va taklif asosida amaliy choralar koʻrilishi qatʼiy taʼminlanadi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech