Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farux Xaydarov viloyat Xalq qabulxonasida tasdiqlagan reja-grafik asosida fuqarolarni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda viloyat aholisining huquqiy muammolari, ijtimoiy masalalari va shaxsiy murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaati alohida eʼtiborga olinib, tegishli choralar koʻrish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Viloyat IIB boshligʻi tomonidan bunday ochiq muloqotlar doimiy tarzda oʻtkazilib, joylarda aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Bunday qabullar aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ularning muammolarini yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati