26 Sentyabr 2025 yil 154

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.

Qabul fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflarini bevosita eshitish, ularni joyida hal etishga qaratildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga aloqador boʻlgan masalalar atroflicha oʻrganilib, har bir murojaat boʻyicha qonun doirasida tegishli choralar belgilandi.

Ayrim murojaatlar yuzasidan masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddati qatʼiy nazoratga olindi.

Ichki ishlar organlari rahbariyati tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, mavjud muammolarni zudlik bilan hal etish, aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Bunday yuzma-yuz muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligi qatʼiy taʼminlanadi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech