Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Joylarda oʻtayotgan qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu maʼnoda, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi fuqarolar bilan navbatdagi qabulini oʻtkazdi.
Murojaatlarning mazmuniga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, tergov-surishtiruv, ishga qayta tiklash, moddiy yordam olish kabi masalalarida muammolar bilan murojaat qilindi.
Murojaatlarning barchasi boʻyicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olindi va tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni koʻrib chiqib qonuniy qaror qabul qilish uchun koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati