15 Noyabr 2025 yil 116

Sirdaryo viloyati IIB, Guliston davlat universiteti hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirokida psixologik seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarida psixologik taʼminlashning sifat jihatidan samaradorligini yana-da oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali yetuk mutaxassis-psixolog kadrlar safini yana-da kengaytirish shuningdek, So‘ngi yillarda yutimizda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirish masalasi, alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida eʼtiborga olinmoqda Ichki ishlar organlari tizimida ham psixologik xizmatni samarali tashkil etishni samarali usullari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ularni amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Bugungi kunda ichki ishlar organlarida psixologik xizmatni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan nazariy, ilmiy va amaliy ishlar xodimlarning maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Shu maqsadda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarning maʼnaviy-ruhiy holatini yaxshilash va doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIV MMI va KTD masʼul xodimlari, Guliston davlat universiteti malakali professor o‘qituvchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining oliy toifali mutaxassis-psixologlari hamkorligida Ichki ishlar organlari faoliyatida profayling metodining o‘rnimavzusida seminar-trening tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminar-treningda ichki ishlar organlari xodimlarga jinoyatni sodir qilgan shaxsning psixologik qiyofasini tuzish, huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarning amalga oshirgan xatti-harakatlarini kuzatish orqali kelgusida jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarga IIO xodimlarining umumiy dunyoqarashi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq psixologik maslahatlar berib o‘tildi. Bundan tashqari kasbiy maishiy, stress (zo‘riqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berib o‘tildi.     

Text to speech